Главная » Статьи » СИРЛИ ОЛАМ |
Odam qiyofasidagi qo’zichoq tug’ilgani haqidagi xabar internet nashrlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda yana tarqala boshladi. U haqidagi muhokamalarda ko’pchilik bu xabarning yolg’on desa, yana boshqasi aybni qo’yning egasiga to’nkamoqda. Aslida nima bo’lgan? Rostdan ham shunday qo’zichoq tug’ildimi. Uning rost yoki yolg’onligini tahlil qilishdan avval Pressnews.uz internet nashrida keltiriligan xabarni e’tiborinigizga havola etmoqchimiz. Одам қиёфасидаги қўзичоқ туғилди Туркиянинг Измир шаҳри яқинидаги қишлоқда ғаройиб жонзот дунёга келди. Ветеринарлар маҳаллий фермернинг қўйи одам қиёфасидаги қўзичоқни дунёга келтирганини кўриб ҳайратга тушишди. Янги туғилган ҳайвонда қайқайган бурун, лаб ва ияк бўлган, дебёзади Mirror нашри. Май ойининг бошида Хорватияда саккиз оёқли гермафродит эчки туғилган, ҳозир у ҳаёт. Rost yoki Yolg’on- qisman yolg’on Haqiqatdan ham Turkiyaning Izmir shahriga yaqin qishloqda Erhan Elibol ismli shahs honadonida odam yuziga o’xshash yuzga ega qo’zichoq dunyoga kelgan. Lekin bu hodisa yaqinda emas, 2010 yilda sodir bo’lgan edi. Odam yuziga o’xshab ketadigan yuzga ega bo’lgan hayvonlar hodisasi bir necha bora kuzatilgan. Jumladan Zimabveda 2009 yilda shunday uloqcha dunyoga kelgan edi. Yuzini ko’rib vahimaga tushib qolgan mahalliy aholi uni o’ldirib, darrov kuydirib yuborishadi. Mutaxassislar esa uni tadqiq etishga ulgurmay qolishadi. O’sha vaqtda mutatsiyaning asl sababi aniq bo’lmagani uchun mahalliy aholi, matbuot va hatto hukumat vakillari voqeada echkining egasini aybdor sanagan edilar. Hayvonlarning ortiqcha oyoq, bosh kabi mutatsiysiga turli xil kasalliklar va boshqa turli sabablar (jumladan radiaktiv nurlanish kuchli zonalar) mavjud. Mutaxassislarning tadqiqotlari natijasiga ko’ria, yuqoridagi holatlardagi mutatsiyaga ona qo’y yoki echki yemishida A vitamining haddan ziyod ko’payib ketishi sabab bo’lgan. Eski hodisa bo’lishiga qaramay, yangi xabar sifatida tarqalib ketishiga Mirror nashri sababchi bo’lgan. Eski voqeani yana shov-shuv qilish ularga nega kerak bo’lgani esa bizga qorong’u. Balki yana boshqa shunday qo’chizoq tug’ilgandir, deysizmi? Mirror nashri, rus va o’zbek internet nashrlarida keltirilayotgan xabarda joy nomi, surat va video huddi o’sha 2010 yildagi voqeaga tegishli. Xabarlardan kelitrilgan vidoeni esa o’sha qo’zichoq egasi Erhan Elibol 2010 yilda Youtube tarmog’iga joylagan edi. | |
Просмотров: 3970 | | |
![]() |
|
|
Всего комментариев: 0 | |
|
|
NIGOH © 2021 | Бесплатный конструктор сайтов - uCoz |