Главная » Статьи » ЯНГИЛИКЛАР |
Finlandiyaning Apparatning texnik xususiyatlari juda oddiy: qo‘ng‘iroq qilish, SMS yo‘llash mumkin, 500tagacha manzilni saqlovchi telefon kitobchasi, budilnigi, taqvimi bor, xolos. Ammo shunisiyam borki, telefonning zaradi kutish tartibida dearli bir oy, so‘zlashganda 11 soatgacha yetadi. Bu elektr energiyasi muammoli hududlar uchun juda ham dolzarbdir. Genuadagi Italiya Texnologiya instituti muhandislari suvga chidamli qog‘oz ishlab chiqishdi. Maxsus nanotexnologiya jarayonida ishlov berilishi natijasida yangi qog‘oz turi magnit va antibakterial xususiyatlarga ega bo‘ladi, e'tiborli jihati, qog‘ozning asosiy xususiyatlarini o‘zgartirish talab etilmaydi. "Yangi xususiyatlariga qaramay, bu qog‘ozga oddiy ruchkada yozish, uni qayta ishlash mumkin", — deydi loyiha mualliflaridan biri, doktor Roberto Chingolani. Vatikan rasmiy kutubxonasi va Oksford universitetining Bodlean kutubxonasi fondi 4 yillik loyihani amalga oshirishga kirishdi. Loyiha doirasida mazkur kutubxonalarda saqlanayotgan eng qimmatbaho fondlar raqamlashtiriladi. Ishlov berilishi kutilayotgan aksariyat qo‘lyozmalar o‘rta asrlar lotin, qadimgi yunon va yahudiy tillarida bitilgan. Raqamlashtirilgan asarlar AQSh Kongressi kutbxonasi va YuNYeSKO hamkorlikda yo‘lga qo‘ygan Butunjahon raqamli kutubxonasidan o‘rin oladi. Amerikaliklar orasida eng taniqli texnologik brend Google, keyingi o‘rinlarda Apple va Facebook joylashgan, Twitter yetakchi uchlikka kira olmadi — bular Langer Research Associates tadqiqotlar kompaniyasi o‘tkazgan so‘rovnoma natijalari. Yana aniqlanishicha Google va Apple daromadi yuqori va 30 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar orasida ko‘proq ommalashgan. Shuningdek, kollej bitiruvchilari va oliy ma'lumotga ega bo‘lmaganlar orasida ham bu ikki brendning obro‘si baland. Facebookdan 30 yoshgacha bo‘lganlar va erkaklarga qaraganda (53 foiz) ayollar (63 foiz) keng foydalanishi ma'lum bo‘ldi. | |
Просмотров: 2422 | | |
![]() |
|
Kommentariya qoldirish unutmang! |
Всего комментариев: 0 | |
|
|
NIGOH © 2021 | Бесплатный конструктор сайтов - uCoz |